O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro kelajakda Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish istagi borligini ma’lum qildi.
«Mening maqsadim va orzum — Italiyada murabbiylik qilish va milliy jamoa bosh murabbiyi bo‘lish.
Dunyo bo‘ylab sayohat qilish yoki Osiyoga borish uchun emas, aynan shu maqsad yo‘lida ishlayapman», — dedi 53 yoshli mutaxassis Sky Sport Italia efirida.
Shuningdek, Kannavaro klub va milliy jamoada ishlash o‘rtasidagi farqqa ham to‘xtalib o‘tdi.
«Klubda har kuni futbolchilar bilan ishlaysiz. Milliy jamoada esa vaqt juda qisqa. 10 kun ichida xatoga yo‘l qo‘ymasdan to‘g‘ri yechim topishingiz kerak», — dedi u.
Ma’lumot o‘rnida, italiyalik mutaxassis O‘zbekiston milliy jamoasiga mamlakat tarixidagi ilk jahon chempionatida bosh murabbiylik qildi. Bungacha u «An Nasr», «Guangzhou Evergrand», Xitoy milliy jamoasi va «Udineze»da faoliyat yuritgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi