Live
5
O'zbek

Kannavaro: «Menimcha, maydonda og‘izni yopib, qo‘llarni tiyib turish kerak»

Futbol
6 noyabr, 21:30
    11
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi «Napoli» futbolchilariga maslahat berdi.
Kannavaro: «Menimcha, maydonda og‘izni yopib, qo‘llarni tiyib turish kerak»
Foto: Getty Images

«Napoli» klubining sobiq futbolchisi, hozirda O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Neapol jamoasidagi muammolar haqida fikr bildirib, futbolchilarga maslahat berdi.

«Menimcha, maydonda og‘izni yopib, qo‘llarni tiyib turish kerak. Qolgan barcha masalalarni keyinroq kiyinish xonasida hal qilish mumkin.

Dunyodagi eng yaxshi g‘oyalarga ega bo‘lishingiz mumkin, ammo murabbiy muvaffaqiyatining 80–90 foizi futbolchilarga bog‘liq», — deya Kannavaroniнг so‘zlarini keltiradi calcionapoli1926.it nashri.

Ayni paytda «Napoli» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Massimiliano Allegri shogirdlari navbatdagi turda chempionat peshqadami «Latsio»ga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu uchrashuv Neapol klubi uchun turnir jadvalidagi holatini yaxshilash imkoniyati bo‘ladi. Avvalroq Allegri klub bilan 2029 yilning yoziga qadar bitim imzolagani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar