Bugun
13
O'zbek

Allegri — "Napoli" bosh murabbiyi

Futbol
3 iyul, 04:22
Tomonlar may oyida kelishib olishgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Allegri — "Napoli" bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

"Napoli" klubi Massimiliano Allegrini bosh murabbiy sifatida rasman e'lon qildi.

Qayd etilishicha, italyalik 58 yoshli mutaxassis Neapol klubi bilan 2029 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Tomonlar may oyida kelishib olishgan. Biroq murabbiyning sobiq jamoasi "Milan" bilan moliyaviy tomonlama kelishuvi yakuniga yetmagandi.

Eslatib o'tamiz, Antonio Konte mavsum yakuniga yetganidan so'ng "Napoli"ni tark etgandi. Allegri esa murabbiylik faoliyati davomida 6 bor Italiya chempionligini qo'lga kiritgan. 5 bor "Yuventus" bilan, bir bor "Milan"da Skudettolarni yutgan.

Ma'lumot uchun, "Napoli" 76 ochko bilan A Seriyada mavsumni 2-o'rinda yakunladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
Bugungi yangiliklar