Live
4
O'zbek

Akbar Jo‘rayev 4 karra jahon chempioni bo‘ldi

Boshqalar
6 noyabr, 09:00
    13
Akbar siltab ko‘tarishda 234 kg natija qayd etdi va jami 432 kg bilan jahon chempionligini rasmiylashtirdi.
Akbar Jo‘rayev 4 karra jahon chempioni bo‘ldi
Фото: МОҚ

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zosi Akbar Jo‘rayev Xitoyning Ningbo shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-110 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jo‘rayev ushbu turnirda to‘rt karra jahon chempioniga aylandi.

U dastlab dast ko‘tarish mashqida 198 kg bilan jahon rekordini o‘rnatdi. Bungacha ushbu vazn toifasidagi rekord natija (197 kg) 2026-yilgi Osiyo o‘yinlari vaqtida Jo‘rayevning o‘zi tomonidan qayd etilgandi.

Keyinchalik Akbar siltab ko‘tarishda 234 kg natija qayd etdi va jami 432 kg bilan jahon chempionligini rasmiylashtirdi.

Ma’lumot uchun, Akbar Jo‘rayev to‘rt karra jahon chempioni bo‘lishdan tashqari, 2024-yilgi Parij Olimpiadasi g‘olibi, ikki karra Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar