Live
4
O'zbek

Ulug‘bek Boqoyev: «Hech kim bunday burilishni kutmagandi»

Eksklyuziv
6 noyabr, 12:09
Boqoyev matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:
Ulug‘bek Boqoyev: «Hech kim bunday burilishni kutmagandi»
Фото: Сўғдиёна ПФК
06.11.2026 FT O‘zbekiston Superligasi So'g'diyona So'g'diyona 1 : 3 Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand

Bugun Superliganing 27-turidan bitta o‘yin o‘rin olgan bo‘lib, unda «So‘g‘diyona» va «Dinamo» klublari bellashishdi.

Aslida o‘yin mezbonlar uchun yaxshi boshlangandi, tezkor gol urib hisobni ochishgandi. Biroq 30-daqiqada jizzaxliklar futbolchisining maydondan chetlatilganidan keyin o‘yin sur’ati o‘zgardi. Yakunda esa tablodagi hisob 1:3 ko‘rinishida porlab turdi va «Dinamo» mehmonda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

O‘yindan keyin jizzaxliklar ustozi Ulug‘bek Boqoyev matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:

- Nima ham derdim, o‘yinni yaxshi, faol va agressiv tarzda boshladik. Tezkor gol urdik, yana bir nechta gol urishimiz ham mumkin edi. Ammo qizil kartochkaga sabab bo‘lgan qo‘pol xato butun o‘yin borishini o‘zgartirib yubordi.

Hech kim bunday burilishni kutmagan edi. Biroq Samarqand jamoasi son jihatidan ustunlikka erishgach, gol urdi va yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu borada yigitlarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Har kim xato qilishi mumkin, bu futbol. Shuning uchun oldinga qarab, tayyorgarlikni davom ettirishimiz kerak», - deya Boqoyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar