Fransiya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Didye Desham «Manchester Yunayted»ni boshqarish taklifini qabul qilmadi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar Maykl Kerrik o‘rniga jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlash maqsadida Desham bilan bog‘lanishgan. Biroq fransiyalik mutaxassis ushbu lavozimga qiziqish bildirmagan va taklifni rad etgan.
Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» rahbariyatining qisqa ro‘yxatida Unai Emeri va Yulian Nagelsmann nomzodlari ham bor. Biroq ayni paytda asosiy nomzod sifatida «Nyukasl»ning sobiq bosh murabbiyi Eddi Hau ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasining dastlabki to‘qqizta turidan keyin atigi 7 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 17-pog‘onasidan joy olgan.