«Manchester Yunayted» hujumchisi Mateus Kunya Chempionlar ligasida o‘ziga xos natija qayd etdi.
Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turidan o‘rin olgan «Roma»ga (3:2) qarshi bahsda jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushdi. Bellashuv davomida u penalti ishladi va Bruno Fernandesh ushbu imkoniyatni golga aylantirdi. Shuningdek, Mateus 83 va 86-daqiqalarda ikkita gol urib, dubl qayd etdi. Biroq bahsning 90+1-daqiqasida ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Kunya Chempionlar ligasi tarixida bir o‘yinning o‘zida penalti ishlagan, gol urgan va maydondan chetlatilgan birinchi futbolchiga aylandi.
Kunya — YCHLda bir o‘yinda penalti ishlagan, gol urgan va chetlatilgan ilk futbolchi
Futbol
4 noyabr, 08:15
5
«MYU» hujumchisi turnir tarixida kuzatilmagan natijani qayd etdi.
Foto: Getty Images
03.11.2026
FT
Chempionlar ligasi
Manchester Yunayted
3
:
2
Roma
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi