«Manchester Yunayted» klubi yarimhimoyachi Bruno Fernandesning kelajagini hal qilish ustida bosh qotirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar futbolchini kelajakda erkin agent sifatida yo‘qotib qo‘ymaslik uchun turli ssenariylarni ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Fernandes 2020-yil yanvaridan buyon «qizil iblislar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Fernandes bu mavsumda Angliya Premer-ligasida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni jamoalari Brunoni kuzatib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.