Bugun
45
O'zbek

Iraola: «Fenerbahche»ga qarshi bahsda psixologik jihatdan tayyor bo‘lishimiz kerak»

Futbol
3 noyabr, 15:48
«Liverpool» 9 ochko bilan umumiy bosqich turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Iraola: «Fenerbahche»ga qarshi bahsda psixologik jihatdan tayyor bo‘lishimiz kerak»
Фото: Getty Images
04.11.2026, 12:45 Chempionlar ligasi Fenerbahche Fenerbahche - : - Liverpul Liverpul

«Liverpool» bosh murabbiyi Andoni Iraola Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan «Fenerbahche»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi. Bellashuv 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

«Chempionlar ligasidagi ishtirokimizni davom ettirishni istaymiz. Bu 12 ochko jamg‘arish, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish va umumiy bosqichni kuchli sakkizlikda yakunlash uchun yaxshi imkoniyat.

Biroq turnirdagi har qanday safar uchrashuvi qiyin kechadi. Buni yaxshi bilamiz. Ayniqsa, shunday stadionda va bunday muhitda o‘ynash oson emas. Shu bois psixologik jihatdan tayyor bo‘lishimiz kerak», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Liverpool Echo.

Ma’lumot uchun, «Liverpool» 9 ochko bilan umumiy bosqich turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. «Fenerbahche» esa 2 ochko bilan 31-pog‘onadan joy olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fenerbahche Fenerbahche
  • Liverpul Liverpul
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar