«Fenerbahche» Emre Belezo‘g‘li jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini ma’lum qildi.
«Bu ranglarga xizmat qilish — yillar o‘tsa-da, so‘nmaydigan samimiy sadoqat va daxldorlik tuyg‘usidir. Maydonda futbolchi, keyinchalik esa murabbiy sifatida ushbu buyuk klubning bir qismi bo‘lgan Emre Belyozo‘g‘lu endi jamoa muvaffaqiyati yo‘lida fidoyilik ko‘rsatish uchun «Fenerbahche»ga bosh murabbiy sifatida qaytmoqda.
Bu ramzni ko‘tarib yurish — faxr, unga xizmat qilish esa mas’uliyatdir. Uyingizga xush kelibsiz, Emre Belezo‘g‘li!» — deyiladi klub xabarida.
46 yoshli mutaxassis 2020–2021-yillarda «Fenerbahche»da sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan, shuningdek, jamoa bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajargan.
Belyozo‘g‘lu, shuningdek, «Istanbul Bashakshehir», «Ankaragyujyu», «Antalyaspor» va «Qosimposho» klublarida ham bosh murabbiy sifatida ishlagan.