«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan «Roma»ga (3:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu g‘alaba juda muhim edi. Tanaffus paytida muxlislarimiz bizga ishonishini bilardik. Shuningdek, gol ursak, istalgan vaqtda o‘yinni o‘zgartirishimiz mumkinligini tushunardik.
«Manchester Yunayted» muxlislari klubni doimo eng yuqori o‘rinlarda ko‘rishga o‘rganishgan. Shuning uchun hozirgi vaziyat ularning noroziligiga sabab bo‘layotgani tabiiy. Men ular shuni bilishlarini istayman: biz ham bu holatdan xafamiz va vaziyatni o‘zgartirishni xohlaymiz. Umid qilamanki, bugungi g‘alaba faqat boshlanishi bo‘ladi», — dedi Brunu Prime Video Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» «Old Trafford»da kechgan bellashuvda superkambek evaziga «Roma»dan ustun keldi.