Live
3
O'zbek

Gasperini: «MYU» safida juda yuqori saviyali futbolchilar bor»

Futbol
2 noyabr, 17:14
Bellashuv 3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
Gasperini: «MYU» safida juda yuqori saviyali futbolchilar bor»
Фото: Getty Images
03.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted - : - Roma Roma

«Roma» bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs oldidan fikrlarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, bellashuv 3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

«Hozir ular chempionatda qiyin davrni boshdan kechirishmoqda, ammo bu bizning e’tiborimizni chalg‘itmasligi kerak. «Manchester Yunayted» hamon kuchli jamoa hisoblanadi va uning safida juda yuqori saviyali futbolchilar bor.

Bizni shiddatli muhitda o‘tadigan murakkab uchrashuv kutmoqda. Biz bu bahsga xuddi «Manchester Yunayted» o‘zining eng yaxshi holatida turgan paytdagidek tayyorgarlik ko‘ryapmiz», — deya Gasperinining so‘zlarini keltiradi Corriere dello Sport.

Ma’lumot uchun, «Roma» Chempionlar ligasida 4 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 15-pog‘onasidan joy olgan. «Manchester Yunayted» esa 3 ochko bilan 20-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Roma Roma
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar