«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan «Feyenoord»ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Men o‘z ishimizga, jamoamga va uning avval erishgan natijalariga ishonaman. Futbolchilarimga ishonchim komil. Ular chempionlar va buni allaqachon isbotlashgan. Salbiy holatlar va xatolar ham bo‘ldi. Biz ulardan saboq chiqarishimiz kerak. Buni qabul qilib, ortda qoldirishimiz va vaziyatni to‘g‘rilashga harakat qilishimiz lozim. Ammo jamoamga bo‘lgan ishonchim mustahkam», — dedi Kivu o‘yinoldi matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, «Inter» Chempionlar ligasining dastlabki uchta uchrashuvida 3 ochko jamg‘ardi. Italiyaliklar «Shaxtyor» ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Real» va «Bryugge»ga qarshi bahslarda mag‘lubiyatga uchragan.