Live
2
O'zbek

Flik: «Emeri — Yevropadagi eng yaxshi murabbiylardan biri»

Futbol
2 noyabr, 16:20
«Barselona» ustozi «Aston Villa»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Flik: «Emeri — Yevropadagi eng yaxshi murabbiylardan biri»
Фото: Getty Images
03.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Barselona Barselona - : - Aston Villa Aston Villa

«Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik Chempionlar ligasining 4-turi doirasida «Aston Villa»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan raqib jamoa ustozi Unai Emeri haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Unai Emeri — Yevropadagi, ehtimol, butun dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. U juda katta yutuqlarga erishgan. Uning jamoasi himoyada ham, hujumda ham aniq tizim asosida harakat qiladi. Hamma narsa juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Bunday jamoaning o‘yinini kuzatish, futbolchilarning to‘p bilan qanchalik ishonchli harakat qilishini ko‘rishning o‘zi ajoyib. Jekson ham maydonda favqulodda yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etmoqda.

Bizni kuchli jamoa va yaxshi murabbiy boshchiligidagi raqibga qarshi oson bo‘lmaydigan uchrashuv kutmoqda», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar