«Udineze» jamoaning yangi bosh murabbiyini rasman e’lon qildi. Italiyalik mutaxassis Paolo Zanetti ushbu lavozimda Kosta Runyaichning o‘rnini egalladi.
Avvalroq «Udineze» rahbariyati jamoa ketma-ket 8 ta uchrashuvda g‘alaba qozona olmagani sababli Runyaich bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi.
Ayni paytda jamoa Italiya chempionati jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
43 yoshli Zanetti bilan tuzilgan shartnoma bu mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Italiyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi «Verona» klubi bo‘lgan. Endi u «Udineze»ni quyi o‘rinlardan olib chiqish va jamoaning natijalarini yaxshilashga harakat qiladi.