Live
2
O'zbek

Emilian Karas: «Bu hisob o‘yinga mos bo‘lmadi. Ammo raqibga katta bo‘sh hududlarni qoldirdik»

Eksklyuziv
2 noyabr, 16:31
Karas matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
Emilian Karas: «Bu hisob o‘yinga mos bo‘lmadi. Ammo raqibga katta bo‘sh hududlarni qoldirdik»
Фото: Пахтакор ПФК
02.11.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent 2 : 6 Al Nassr Al Nassr

Elit Osiyo Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «An-Nasr» uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Emilian Karas matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

«Natija biz uchun achinarli bo‘ldi. O‘yindan oldin kim kam xato qilsa, o‘sha g‘alaba qozonishini aytgandim. Afsuski, o‘yinimizdagi ko‘plab xatolar bizga qimmatga tushdi. Natijada raqib ikkita tezkor gol urishi uchun imkoniyat berdik. Keyinchalik tavakkal qilib, oldinga qarab intildik. Raqibga katta bo‘sh hududlarni qoldirdik. Raqib jamoada tezkor o‘yinchilar ko‘p, ular esa o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi.

Umuman olganda hujumda yetarlicha vaziyatlar yaratdik, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Bizni qo‘llab-quvvatlab, oldinga boshlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

- 2:6 hisobidagi mag‘lubiyatni sharmandalik deb qabul qilasizmi ?

- Aytganimdek, bu hisob o‘yinga mos bo‘lmadi. To‘g‘ri, biz oltita to‘p o‘tkazib yubordik. Ammo o‘zimiz ham yanada ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Bunday kuchli raqibga qarshi ancha tartibli, ixcham o‘ynash va bo‘sh hudud qoldirmaslik talab etilardi. Biz esa Joau Feliks va boshqa ijrochilarga juda ko‘p erkinlik berib qo‘ydik. Bu biz uchun muvaffaqiyatsiz o‘yin va omadsiz tajriba bo‘ldi, oldinga harakat qilishda davom etamiz.

- «An-Nasr»ga qarshi bahsda qaysi rejalaringiz amalga oshmay qoldi?

- Albatta, o‘yin uchun rejamiz bunday ko‘rinishda emasdi. Maydonga g‘alaba uchun, ochiq va tajovuzkor futbol namoyish etish, muxlislar ko‘z o‘ngida pressing qo‘llash niyatida chiqqandik. 0:2 hisobidan so‘ng yanada ochilishga majbur bo‘lasiz, bu esa psixologik jihatdan juda og‘ir zarba. Agar bitta gol o‘tkazganimizda ham, vaziyatni nazorat qilgan holda reja bo‘yicha davom etish mumkin bo‘lardi. Ammo ikkinchi gol barchasini o‘zgartirib yubordi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Al Nassr Al Nassr
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Bugungi yangiliklar