Live
7
O'zbek

Sardor Sobirxo‘jayev: «An Nasr» avvalgi raqiblarimiz «Al Ahli» va «Al Qodisiya»dan ikki karra kuchli

Eksklyuziv
2 noyabr, 11:46
    45
Sobirxo‘jayev o‘z fikrlarini bildirdi.
Sardor Sobirxo‘jayev: «An Nasr» avvalgi raqiblarimiz «Al Ahli» va «Al Qodisiya»dan ikki karra kuchli
Фото: Пахтакор ПФК
02.11.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent 2 : 6 Al Nassr Al Nassr

Osiyo Chempionlar ligasi elitasi 4-turida Toshkentning «Paxtakor» jamoasi «An Nasr» bilan bahslashib, yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Bellashuvdan so‘ng «sherlar» yarim himoyachisi Sardor Sobirxo‘jayev o‘z fikrlarini bildirdi.

«Birinchi navbatda stadionga kelgan muxlislardan uzr so‘raymiz. Natija biroz uyatli bo‘ldi. O‘yin oldidan ham raqibning imkoniyatlarini bilardik. Ular buni amalda ham ko‘rsatishdi.

- Avvalgi o‘yinda «Al Ahli»dek jamoa bilan durang o‘ynagandingizlar. Ammo «An Nasr»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldingizlar...

- Bu o‘yinga qadar «Al Ahli» va «Al Qodisiya»ga qarshi o‘ynagandik. Ammo bugungi raqibimiz Saudiya Arabistonining avvalgi jamoalaridan ikki karra kuchli. «Al Hilol» haqida hech narsa deya olmayman. Lekin «An Nasr» yuqorida tilga olingan jamoalardan ancha kuchli», - dedi Sobirxo‘jayev.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Al Nassr Al Nassr
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

45 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar