Live
6
O'zbek

«Borussiya D» Girassi bilan shartnomani uzaytiradi

Futbol
2 noyabr, 12:05
Seru 2024-yilning yozidan buyon Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
«Borussiya D» Girassi bilan shartnomani uzaytiradi
Фото: Getty Images

«Borussiya D» klubi hujumchi Seru Girassi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Qayd etilishicha, «asalarilar» rahbariyati gvineyalik 30 yoshli futbolchining o‘yinlaridan va uning jamoa natijalariga qo‘shayotgan hissasidan mamnun.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar ham juda yaxshi. Klub Girassini kelajakdagi rejalarining muhim qismi sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Seru 2024-yilning yozidan buyon Dortmund klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Girassi bu mavsumda Bundesliga doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq unga «MYu» va «Yuventus» jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya D Borussiya D
Bugungi yangiliklar