Live
3
O'zbek

Elit OChL. “Neftchi” 90+9-daqiqada “Traktor”dan gol o‘tkazib, g‘alabani boy berdi

Futbol
2 noyabr, 13:11
    236
Forslar 10 kishi bo‘lib qolgan holda so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
Elit OChL. “Neftchi” 90+9-daqiqada “Traktor”dan gol o‘tkazib, g‘alabani boy berdi
Фото: Нефтчи ПФК
02.11.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Tractor Tractor 2 : 2 Neftchi Fargona Neftchi Fargona

Elit Osiyo Chempionlar ligasi 4-turida “Neftchi” O‘monda “Traktor” bilan bellashdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi.

Dastlab 55-daqiqada Stipe Peritsa hisobni ochdi. 61-daqiqada eronliklar futbolchisi Farshod Farajiy qo‘pol o‘yini uchun maydondan chetlatildi. 82-daqiqada Tomislav Shtrkal hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Vladimir Yovovich uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, “Neftchi”ga g‘alaba keltirgandek edi. Ammo eronliklar so‘nggi soniyalarda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu natijadan so‘ng Farg‘ona klubi 4 ochko bilan musobaqa jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. Eronliklar hisobida esa 2 ochko bor.

Osiyo Elit Chempionlar ligasi, 4-tur
Traktor — Neftchi 2:2
Gollar: Shtrkal 82, Zaerkazemayn 90+9 – Stipe Peritsa 55, Vladimir Yovovich 90+4
Traktor:81. Parsa Jafari, 3. Shojae Xalilzade, 5. Odiljon Hamrobekov, 7. Tibor Xalilovich (17. Mas’ud Zaerkazemayn, 84’), 11. Danial Ismoilifar (6. Sayid Mehdi Husayni, 84’), 18. Sodiq Muharrami (10. Hadi Habibinejad, 61’), 22. Muhammad Naderi, 33. Farshad Faraji, 58. Muhammad Daneshgar (20. Mahdi Hoshemnejad, 46’), 70. Shahriyor Mug‘anlu (19. Tomislav Shtrkal, 37’), 99. Amirhuseyn Huseynzade.
Neftchi: 1. Botirali Ergashev, 3. Mishel Augusto, 4. Boyan Tsiger (9. Xurshid G‘iyosov, 85’), 6. Ibrohim Halil Yo‘ldoshev, 11. Asilbek Jumayev (7. Abrorbek Ismoilov, 46’), 15. Nurmuhammad Abdug‘aniyev (18. Stipe Peritsa, 54’), 22. Alisher Odilov, 31. Medeiros Sasse Yan, 34. Farrux Sayfiyev, 77. Fransisko Yurani (8. Vladimir Yovovich, 76’), 88. Markus Forss (10. Jamshid Iskanderov, 46’).
Chetlatish: 62 - Farshad Faraji

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tractor Tractor
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

236 izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar