Live
1
O'zbek

Nekunam, Hamrobekov, Biyronvand — «Neftchi»ning Elit OChLdagi raqibi «Traktor» haqida

Futbol
2 noyabr, 05:44
    6
Bugun, 2 noyabr kuni Oʻmonda Oʻzbekiston va Eron chempionlari oʻzaro toʻqnash keladi.
Nekunam, Hamrobekov, Biyronvand — «Neftchi»ning Elit OChLdagi raqibi «Traktor» haqida
Foto: Getty Images
02.11.2026, 11:00 Osiyo Chempionlar Ligasi Tractor Tractor - : - Neftchi Fargona Neftchi Fargona

Bugun, 2 noyabr kuni Fargʻonaning «Neftchi» klubi OFK Elit Chempionlar ligasining 2026/27-yilgi mavsumi doirasida Eronning «Traktor» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Oʻmon poytaxti Maskat shahrida boʻlib oʻtadigan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

PFL matbuot xizmati Oʻzbekiston chempionining navbatdagi raqibi haqida maʼlumotlar taqdim etdi.

«Traktor» Eron futbolida oʻz oʻrniga ega boʻlgan, mamlakatning eng koʻp muxlisga ega klublaridan biri hisoblanadi. Tabriz shahri sharafini himoya qiluvchi jamoa 1970-yilda tashkil etilgan. Klub nomi Eronning yirik traktorsozlik korxonasi bilan bogʻliq boʻlib, jamoa dastlab ushbu zavod qoshida faoliyat boshlagan.

«Traktor»ning asosiy rangi qizil boʻlib, klub muxlislari orasida «qizil boʻrilar» laqabi bilan ham tanilgan. Tabrizliklar nafaqat oʻz shahrida, balki Eronning turli hududlarida ham katta muxlislar armiyasiga ega. Ayniqsa, Eronning ozarbayjonlar istiqomat qiladigan hududlarida jamoaning nufuzi yuqori.

Klub oʻz uy uchrashuvlarini Tabriz shahridagi «Sahand» stadionida oʻtkazadi. 60 mingdan ortiq tomoshabinga moʻljallangan ushbu arena Eronning eng yirik futbol inshootlaridan biri hisoblanadi. «Traktor» ishtirokidagi muhim uchrashuvlarda stadion tribunalarini minglab muxlislar toʻldiradi.

«Traktor» oʻz tarixida uzoq yillar davomida Eron chempionligi uchun kurashib kelgan. Jamoa 2011/12, 2012/13 va 2014/15-yilgi mavsumlarda mamlakat chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Tabrizliklar 2024/25-yilgi mavsumda tarixida ilk bor Eron chempioniga aylandi. Oʻsha mavsumda jamoa 30 ta bahsda 21 gʻalaba, 5 durang va 4 magʻlubiyat qayd etib, 68 ochko jamgʻardi. Shuningdek, raqiblar darvozasiga 57 ta gol urib, oʻz darvozasidan 19 bor toʻp oʻtkazib yubordi.

«Traktor» Eron kubogida ham ikki bor zafar quchgan. Tabrizliklar 2013/14-yilgi mavsumda ilk bor mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2019/20-yilgi mavsumda ushbu muvaffaqiyatni takrorlashgan. Shuningdek, klub 2025-yilda Eron superkubogi sohibi boʻlgan. Bu sovrinlar jamoaning mamlakat futbolidagi mavqeyini yanada mustahkamladi.

Tabrizliklar xalqaro maydonda ham muayyan tajribaga ega. «Traktor» turli yillarda Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etgan. Jamoa 2024/25-yilgi mavsumda OFK Chempionlar ligasi-2 musobaqasining chorakfinaliga qadar yetib borgan. Keyingi mavsumda esa qitʼaning eng nufuzli klublar musobaqasi — OFK Elit Chempionlar ligasida qatnashgan.

2025/26-yilgi mavsumda «Traktor» OFK Elit Chempionlar ligasining guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jumladan, Qatarining «Ad Duhail» klubiga qarshi uchrashuvda 2:1 hisobida gʻalaba qozongan tabrizliklar musobaqaning keyingi bosqichiga muddatidan avval yoʻllanma oldi. Ushbu natija jamoaning xalqaro maydonda ham jiddiy raqobat koʻrsata olishini namoyon etdi.

Jamoani ayni paytda eronlik 46 yoshli eronlik Javad Nekunam boshqarmoqda. U 2026-yilning avgust oyida «Traktor» bosh murabbiyi etib tayinlangan. Nekunam bungacha Eronning «Istiqlol», «Fulad», «Nassaji» kabi klublarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, u futbolchilik faoliyati davomida Eron milliy jamoasining yetakchilaridan biri boʻlgan. Ispaniyaning «Osasuna» klubida uzoq yillar toʻp tepgan Nekunam Eron futbolining taniqli vakillaridan hisoblanadi.

«Traktor» tarkibida Eron milliy jamoasida oʻynagan bir qator tajribali futbolchilar mavjud. Ular orasida darvozabon Alirezo Biyronvand va himoyachi Shojae Xalilzoda alohida ajralib turadi. Biyronvand Eron safida Jahon chempionatlarida ishtirok etgan tajribali posbon hisoblanadi. Xalilzoda esa himoya chizigʻidagi yetakchilik xususiyatlari bilan tanilgan.

Jamoaning hujum chizigʻida Amirhusayn Husaynzoda muhim oʻrin tutadi. U 2024/25-yilgi Eron chempionatida 14 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi toʻpurariга aylangan. Shuningdek, jamoa safida Oʻzbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Odil Hamroбекov ham harakat qiladi
», — deb yozadi PFL matbuot xizmati.

Eslatib oʻtamiz, OFK Elit Chempionlar ligasining 2026/27-yilgi mavsumi doirasidagi «Traktor» — «Neftchi» uchrashuvi 2 noyabr kuni Oʻmon poytaxti Maskat shahrida boʻlib oʻtadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tractor Tractor
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar