“Neftchi” Elit OChL musobaqasining 4-turi doirasida Eronning “Traktor” klubiga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda ishtirok etish uchun Ummon poytaxti Maskat shahriga yetib bordi.
Farg‘ona jamoasi 31-oktyabr kuni erta tongda Farg‘ona xalqaro aeroportidan Maskat shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reysi orqali yo‘l olgan.
Delegatsiya tarkibidan futbolchilar, murabbiylar shtabi, klub rahbariyati va xodimlari o‘rin olgan.
Shuningdek, jamoani qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 nafarga yaqin fan-klub a’zolari va muxlislar ham Maskatga yo‘l oldi.
Murabbiylar shtabi:
Islombek Ismoilov — bosh murabbiy
Antonio Sarioglu — jismoniy tayyorgarlik murabbiyi
Vitaliy Galat — darvozabonlar murabbiyi
Anvar Berdiev — murabbiy-seleksioner
Rafael Pereyra — tahlilchi
Futbolchilar:
Botirali Ergashev
Akbar To‘rayev
Bojan Tsiger
Muhammadqodir Rasuljonov
Izzatillo Po‘latov
Mishel Augusto
Ibrohim Halil Yo‘ldoshev
Farrux Sayfiyev
Nurmuhammad Abdug‘aniyev
Xurshid G‘iyosov
Rustambek Fomin
Azizbek Erimbetov
Fransisko Ferreyra
Abrorbek Ismoilov
Vladimir Yovovich
Jamshid Iskandarov
Alisher Odilov
Ikromjon Alibayev
Aslibek Jumayev
Bilolxon Toshmirzayev
Stipe Peritsa
Nurbek Sarsenbayev
Yan Sasse
Markus Forss
Olti futbolchi “Traktor”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Jarohatlari sabab jamoa sardori Anvarjon G‘ofurov, Muhsin Ubaydullayev, Zoran Marushich, Koffi Frank Kuao, Yovan Jokich hamda Abdulla Abdullayev Eron klubiga qarshi bahsda “Neftchi”ga yordam bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Traktor” — “Neftchi” uchrashuvi 2-noyabr kuni Maskat shahrida bo‘lib o‘tadi.