Live
10
O'zbek

Simon «Atletik»ni tark etmoqchi emas

Futbol
31 oktabr, 12:18
Unai 2018-yildan buyon «Atletik» klubida o‘ynaydi.
Simon «Atletik»ni tark etmoqchi emas
Фото: Getty Images

«Atletik» va Ispaniya milliy jamoasi darvozaboni Unai Simon kelajagi haqida fikr bildirdi.

«To‘g‘risi, jamoamni almashtirishni o‘ylaganim yo‘q. Agar kimdir 150 million taklif qilsa ham, men jamoada qolaman. Ketishni xohlamayman. Agar kelasi mavsumda «Atletik» menga ishonmasligini aytsa, men xayolimda og‘riq bilan xayrlashaman. Lekin hozirda klub meni xohlayotgan bo‘lsa, qolishga har doim tayyorman», — deya Simonning so‘zlaridan keltiradi Marca nashri.

Ma’lumot uchun, Simon 2018-yildan buyon «Atletik» klubida o‘ynaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha davom etadi va darvozabonning bozor qiymati 22 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Athletik Athletik
Bugungi yangiliklar