Live
13
O'zbek

«MYU»ning g‘alabasiz seriyasi 9 ta o‘yinga yetdi

Futbol
31 oktabr, 11:30
Jamoa keyingi uchrashuvini 3 noyabr kuni «Roma»ga qarshi o‘tkazadi.
«MYU»ning g‘alabasiz seriyasi 9 ta o‘yinga yetdi
Фото: Getty Images
31.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi 2 : 0 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted»ning omadsizligi davom etmoqda. Maykl Karrik boshqaruvidagi «qizil iblislar» Angliya Premyer-ligasining 9-turida Londonda «Chelsi»ga qarshi bahs olib bordi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted»ning g‘alabasiz seriyasi ketma-ket 9 ta uchrashuvga yetdi.

Jamoaning avvalgi bahslarda qayd etilgan natijalari bilan tanishing:

• «Manchester Yunayted» – «Manchester Siti» 0:1
• «Manchester Yunayted» – «Brayton» 2:3
• «Fulhem» – «Manchester Yunayted» 1:1
• «Manchester Yunayted» – «Tottenhem» 1:1
• «Atletiko» – «Manchester Yunayted» 2:0
• «Lids» – «Manchester Yunayted» 1:1
• «Komo» – «Manchester Yunayted» 4:1
• «Manchester Yunayted» – «Bornmut» 0:3
• «Chelsi» – «Manchester Yunayted» 2:0

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» navbatdagi uchrashuvini 3 noyabr kuni o‘z maydonida Chempionlar ligasi doirasida «Roma»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar