«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya Premyer-ligasining 9-turida «Chelsi»ga qarshi kechadigan bahs oldidan yarimhimoyachi Brunu Fernandeshning jamoa uchun ahamiyati haqida fikr bildirdi.
«Brunu — juda muhim futbolchi. U o‘z tajribasi bilan bizga ko‘p narsa beradi. U bu yerda ko‘p narsalarni boshdan kechirdi va jamoaga yordam bera olishini ko‘rsatdi. Shu sababli u jamoamizning muhim qismi hisoblanadi. Bugun tarkibimizda yaxshi muvozanat bor, jamoamiz yaxshi va yigitlar bahsni intiqlik bilan kutmoqda», — deya Kerrikning so‘zlarini «Manchester Yunayted» rasmiy sayti keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» APLning sakkiz turidan so‘ng yetti ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda. «Chelsi» esa 13 ochko bilan beshinchi pog‘onani egallagan. «Manchester Siti» 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.