Live
16
O'zbek

Kaka: «Leaudan keyin «Milan»ga vaqt kerak bo‘ladi»

Futbol
31 oktabr, 09:30
Braziliyalik sobiq futbolchi Milan klubi yangi tarkib bilan shakllanish jarayonida ekanini ta’kidladi.
Kaka: «Leaudan keyin «Milan»ga vaqt kerak bo‘ladi»
Foto: Getty Images
31.10.2026, 15:45 Italiya A seriyasi Milan Milan - : - Inter Inter

«Milan»ning sobiq yarimhimoyachisi Kaka jamoaning hozirgi holati va yozgi transfer oynasida Rafa Leauening «Galatasaroy»ga ketishi haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, «rossonerilar» yangi jamoa sifatida shakllanishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.

«Bu shakllanish jarayonidagi loyiha. Yetti yil davomida «Milan» Leauening jamoasi bo‘ldi. U ajoyib futbolchi edi va klub ko‘p jihatdan unga tayanardi.

Endi vaziyat boshqacha. Jamoada yangi yuzlar va ikki nafar mahoratli futbolchi bor: Modrich hamon jamoaning miyasi bo‘lib qolmoqda, uning yonida Rabyo o‘ynamoqda. Ramush esa tug‘ma to‘purar.

Hammasi bir butun bo‘lib shakllanishi uchun vaqt kerak. Eng muhimi, Yevropa ligasida hamisha yuqori maqsadlarni ko‘zlash», — dedi Kaka La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Kaka «Milan» safida 2003–2009 va 2013–2014 yillarda to‘p tepgan. Braziliyalik futbolchi 2007-yilda «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» 2007-yilda Kaka yetakchiligida Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Inter Inter
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar