«Napoli» hujumchisi Rasmus Hoylund jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri qo‘l ostidagi faoliyati uning o‘yiniga qanday ta’sir qilayotgani haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, u menga maydonda biroz ko‘proq erkinlik berdi. Albatta, u mendan nafaqat bahslar davomida, balki umuman olganda ham muayyan ko‘rsatmalarni bajarishni talab qiladi.
Gap sifatli o‘yin ko‘rsatish, gol urish, jamoaga yordam berish va raqibga birinchi bo‘lib pressing qilish haqida ketmoqda. Bular men bajarishim, shuningdek, ustida ishlashim kerak bo‘lgan jihatlar», — deya Hoylundning so‘zlarini Radio Kiss Kiss Napoli keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Hoylund avvalroq «Manchester Yunayted» safida ham faoliyat olib borgan.