Live
8
O'zbek

«Atletiko» Jonatan Devidni transfer qilish haqida o‘ylamoqda

Futbol
31 oktabr, 05:00
Madrid klubi hujumchini «Yuventus»dan taxminan 25 million yevroga sotib olishi mumkin.
«Atletiko» Jonatan Devidni transfer qilish haqida o‘ylamoqda
Foto: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi «Yuventus»ga tegishli hujumchi Jonatan Devidni to‘liq transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar 26 yoshli futbolchini sotib olish masalasini muhokama qilishni boshlagan. Ehtimoliy transfer qiymati 25 million yevro atrofida baholanmoqda. Ushbu mablag‘ni to‘rt yil davomida bo‘lib to‘lash rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda «Atletiko» Devid maoshining taxminan 60 foizini qoplamoqda. Qolgan qismini esa «Yuventus» to‘lab bermoqda. Madrid klubi yakuniy qarorni yaqin vaqt ichida qabul qilishi kutilmoqda.

Devid ushbu mavsumda «Atletiko» safida sakkizta bahsda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar