Live
8
O'zbek

Alonso Palmer haqida: «U doim bizning rejalarimizda bo‘lgan»

Futbol
31 oktabr, 05:05
«Chelsi» bosh murabbiyi futbolchining klubdagi o‘rni haqida gapirdi.
Alonso Palmer haqida: «U doim bizning rejalarimizda bo‘lgan»
Foto: Getty Images

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa yarim himoyachisi Koul Palmerning kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Palmer jamoada qoladimi? Albatta! U doim bizning rejalarimizda bo‘lgan. Koulning bu yerda bo‘lmasligi haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lmagan», — deya mutaxassisning so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida keltiradi.

Qayd etish lozim, 24 yoshli yarim himoyachi 2023-yildan buyon londonliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2034-yil iyun oyining oxiriga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Palmerning transfer qiymati 110 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida, Koul ushbu mavsum klub safida barcha musobaqalar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Avvalroq «Chelsi» Palmer bilan shartnomani 2034-yilgacha uzaytirgani ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar