«Chelsi» klubi yarim himoyachi Koul Palmer bilan shartnomani 2034 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda London jamoasining rasmiy sayti xabar berdi. Futbolchining avvalgi shartnomasi 2033 yil yozigacha mo‘ljallangan edi.
Palmer «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yil sentyabrida manchesterliklar safidan «Chelsi»ga o‘tgan. Shundan buyon 24 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 138 ta bahsda maydonga tushib, 58 ta gol urgan va 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz futbolchisining transfer qiymati 110 million yevroga baholanmoqda.
Palmer ushbu mavsumda barcha musobaqalarda yettita bahsda ishtirok etib, to‘rtta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi