«Chelsi» hujumkor yarimhimoyachisi Koul Palmer London klubi bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi. Yangi kelishuv 2034-yil o‘rtalarigacha amal qiladi. Futbolchi klubning rivojlanish yo‘nalishidan mamnun ekanini va jamoa bilan katta sovrinlarni qo‘lga kiritishni istashini ta’kidladi.
«Chelsi» men uchun juda katta ahamiyatga ega. Klub to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanmoqda, shu sababli shartnoma imzolaganimdan xursandman. Men juda baxtliman. Klub egalari, sport direktorlari va, albatta, bosh murabbiy bilan bo‘lgan suhbatlar menga ishonch bag‘ishladi. Shu bois yangi shartnoma imzolash mutlaqo to‘g‘ri qaror bo‘ldi.
Futbolchilar bilan suhbatlashganimda, barchamizning maqsadlarimiz bir xil ekanini ko‘ryapman. Bu yerda muntazam ravishda yirik sovrinlarni qo‘lga kiritishimiz mumkinligini his qilyapman. Men ham ushbu jarayonning bir qismi bo‘lishni va bunda muhim rol o‘ynashni istayman», — deya Palmerning so‘zlarini «Chelsi» matbuot xizmati keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» so‘nggi bor Angliya chempionligini 2017-yilda Antonio Konte boshchiligida qo‘lga kiritgan. Koul Palmer esa London klubining kelajakdagi muvaffaqiyatlarida muhim o‘rin tutishni maqsad qilgan.