Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Alan Shirer Londonning «Arsenal» jamoasining irodali g‘alabasi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mikel Arteta shogirdlari APL oltinchi turida «Lids»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
«Bellashuvning ikkinchi bo‘limda «Arsenal» to‘p bilan ancha yaxshi muomalada bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘yin sekin, passiv va biroz sust bo‘ldi. Jamoa maydon bo‘ylab juda ko‘p marta yon tomonga uzatmalarni amalga oshirdi va yetarlicha keskinlashtiruvchi uzatmalar kuzatilmadi» - deya Shererning so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Manchester Siti»da ham xuddi shuncha ochko mavjud bo‘lib, «shaharliklar» zaxirasida bitta o‘yin bor. «Lids» esa 9 ochkosi bilan qolmoqda va hozircha beshinchi o‘rinni band etib turibdi.