Live
13
O'zbek

Arteta «Man Siti»ga qo‘yilgan ayblovlar haqida: «Umid qilamanki, bu ish APL obro‘siga putur yetkazmaydi»

Futbol
10 oktabr, 05:05
«Arsenal» bosh murabbiyi «shaharliklar» atrofidagi moliyaviy tergov haqida gapirdi.
Arteta «Man Siti»ga qo‘yilgan ayblovlar haqida: «Umid qilamanki, bu ish APL obro‘siga putur yetkazmaydi»
Foto: Getty Images

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Siti» atrofidagi moliyaviy tergov APL obro‘siga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«Umid qilamanki, bu ish APL obro‘siga putur yetkazmaydi. Lekin aniq bilmayman.
Albatta, bu vaziyat bizga bog‘liq emas.

Nazoratimizda bo‘lgan yagona narsa — klub bilan birgalikda va har birimiz alohida tarzda bor kuchimizni ishga solib, dunyoning eng yaxshi ligasi maqomini saqlab qolish», — dedi Arteta.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» 9 mavsum davomida moliyaviy qoidalar buzilishi bilan bog‘liq 115 ta holat bo‘yicha ayblangan.

Qayd etilishicha, klub 114 ta holat bo‘yicha aybdor deb topilgan. Ayblovlar moliyaviy ma’lumotlarni noto‘g‘ri taqdim etish, futbolchilar va murabbiylarga to‘lovlar hamda moliyaviy nazorat talablariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq.

Avvalroq «shaharliklar» katta miqdorda moliyaviy tovon to‘lash orqali muammoni hal qilmoqchi ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar