Live
10
O'zbek

«Manchester Siti» va APL moliyaviy qoidalar buzilishi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilgan — Bloomberg

Futbol
10 oktabr, 01:50
    11
Klub katta miqdorda tovon puli to‘lash orqali muammoni hal qilmoqchi.
«Manchester Siti» va APL moliyaviy qoidalar buzilishi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilgan — Bloomberg
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» moliyaviy qoidalar buzilishiga oid ishni hal qilish bo‘yicha APL bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazgan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muhokamalar klub deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilishidan oldin bo‘lib o‘tgan. Biroq «shaharliklar» o‘zining aybsiz ekanini izchil ravishda ta’kidlagani sababli muzokaralar tez orada to‘xtab qolgan.

Ta’kidlanishicha, tomonlar klub katta miqdorda tovon puli to‘lash orqali ishni hal qilishi, APLdan chiqarib yuborilish va chempionlik unvonlaridan mahrum etilish kabi jazolardan qutulishi mumkin bo‘lgan variantni muhokama qilgan. Ayrim mutaxassislar bunday ssenariyni ehtimoldan xoli emas deb hisoblamoqda.

Shuningdek, «Arsenal» va «Liverpul» kabi «Manchester Siti»ning raqiblari APLning klub bilan kelishuvga erishishiga qat’iy qarshi bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

Avvalroq «shaharliklar» 115 ta ayblov bo‘yicha jazodan qochishga umid qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar