Live
12
O'zbek

Mareska Holand «Liverpul» bilan o‘yinga qanday holatda yetib kelayotgani haqida ma’lumot berdi

Futbol
10 oktabr, 07:52
«Shaharliklar» ustozi norvegiyalik forvardning holati va bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik haqida gapirdi.
Mareska Holand «Liverpul» bilan o‘yinga qanday holatda yetib kelayotgani haqida ma’lumot berdi
Foto: Gettyimages
11.10.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Manchester Siti Manchester Siti

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska «Liverpul» bilan o‘yin oldidan jamoa hujumchisi Erling Holandning holati haqida gapirib o‘tdi.

«Nihoyat! Hammasi joyida. Hammasi joyida. U Marbelyada bir necha kun dam oldi, golf o‘ynadi, o‘zini tikladi va «Enfild»dagi o‘yinga tayyor bo‘ldi. Uning ahvoli yaxshi», - dedi Mareska matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, yangi mavsumda Holland barcha musobaqalarni hisobga olganda yettita o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer-ligasi 6-turidan o‘rin olgan «Liverpul» - «Manchester Siti» bellashuvi 11 oktyabr, yakshanba kuniga rejalashtirilgan bo‘lib, o‘yin Toshkent vaqti bilan 20:30da chalinadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar