«Liverpul» jamoasi «Manchester Siti»ga qarshi bahs oldidan tarkibda yo‘qotishga duch keldi.
Qayd etilishicha, hujumchi Aleksandr Isak va yarim himoyachi Kodi Gakpo «shaharliklar»ga qarshi kechadigan bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Har ikki futbolchi o‘z milliy jamoalari ixtiyorida bo‘lgan vaqtda jarohat olgan.
«Kodining to‘piq qismida jarohat bor. U avval ham shunga o‘xshash jarohatlarga duch kelgan. Shuning uchun asosiy masala uning og‘riqqa qanchalik bardosh bera olishida. Futbolchi hozir yakka tartibdagi dastur asosida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Shunga qaramay, bo‘lajak bahsda qatnasha olmaydi. Aleksanderning esa son qismi jarohatlangan. Jarohat jiddiy emas. Isak o‘zini maydonga qaytishga tayyor his qilishi bilan safga qo‘shiladi», — deya Iraolning so‘zlaridan keltiradi BBC nashri.
Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» va «Manchester Siti» uchrashuvi 11 oktabr kuniga belgilangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi