Eron chempionatining 8-turida «Persepolis» oʻz maydonida «Sanat Naft»ni qabul qilib, 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Bellashuvning 5-daqiqasida Igor Sergeyevning uzatmasidan soʻng Bifuma hisobni ochdi. 84-daqiqada Oʻzbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Oston Oʻrunov oʻz hisobiga gol yozib qoʻydi. Maʼlumot uchun, u 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgandi.
Bu natijadan soʻng «Persepolis» 16 ochko bilan turnir jadvalida 2-oʻrinda bormoqda. Peshqadam «Traktor» hisobida 17 ochko bor. «Persepolis» zaxirasida bitta oʻyin bor.
Eron chempionati. 8-tur
Persepolis – Sanat Naft 3:1
Gollar: Bifuma 5, Ali Ashur 53, Oston Oʻrunov 84 – Muhammad Husayn Baseri 67.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi