Live
7
O'zbek

Montella Turkiya milliy jamoasidan iste’foga chiqarildi

Futbol
9 oktabr, 13:17
    24
Italiyalik 52 yoshli mutaxassis 2023-yil sentabridan buyon Turkiya milliy jamoasini boshqarib kelayotgan edi.
Montella Turkiya milliy jamoasidan iste’foga chiqarildi
Фото: Getty Images

Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) tashkilot rahbariyati va milliy jamoa murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar haqida rasman ma’lum qildi.

Federatsiyaning X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, direktorlar kengashi navbatdagi saylovga oid umumiy yig‘ilishga qadar o‘z faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, avvalroq iste’foga chiqqan ikki nafar kengash a’zosining o‘rniga Ibrohim Ozbay va Metin Akyuz tayinlandi.

Qarorga ko‘ra, Turkiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella bilan hamkorlik davom ettirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik 52 yoshli mutaxassis 2023-yil sentabridan buyon Turkiya milliy jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Uning rahbarligida turkiyaliklar 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etishdi.

Shuningdek, Turkiya Millatlar ligasining joriy mavsumidagi dastlabki to‘rtta uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi.

Montella bundan avval «Adana Demirspor», «Sevilya», «Fiorentina», «Milan», «Sampdoriya», «Katania» va «Roma» klublarini boshqargan. Futbolchi sifatida Vinchenso «Roma» tarkibida Italiya chempioni bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Turkiya Turkiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

24 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar