Live
6
O'zbek

Superliga. «Buxoro» superkambek evaziga «Andijon»ni mag‘lub etdi

Futbol
9 oktabr, 12:07
    41
So‘nggi daqiqalarda mezbonlar g‘alabani ilib ketdi.
Superliga. «Buxoro» superkambek evaziga «Andijon»ni mag‘lub etdi
Фото: Андижон ПФК
09.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Buxoro Buxoro 3 : 2 Andijon Andijon

Superliga 23-turida «Buxoro» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qildi. Gollar shousiga aylangan bellashuvda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab Boake va Bekzod Sulaymonov mehmonda gol urdi. 81-daqiqada Nika Kachavara farqni qisqartirdi. 84-daqiqada Asilbek Qayumov muvozanatni tikladi. 90+5-daqiqada Sherzod Esanov mezbonlarning g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Bu g‘alabadan so‘ng buxoroliklar 37 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. «Andijon» esa 30 ochko to‘plab, 9-o‘rinda bormoqda.

Superliga. 23-tur
Buxoro – Andijon 3:2
Gollar
: Martin Boake, 11 (0:1), Bekzod Sulaymanov, 73 (0:2), Nika Kachavara, 81 (1:2), Asilbek Qayumov, 84 (2:2), Sherzod Esanov, 90+5 (3:2)
Buxoro: 12.Umid Hamroyev, 5.Sardor Qulmatov, 7.Xurshidbek Muxtorov, 11.Timur Mamasidiqov, 18.Ozodbek Rajabov (17.Javohir Ro‘ziyev, 75), 22.Asadbek Jo‘raboyev (88.Dominik Begich, 86), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yo‘ldoshev, 42.Kirill Todorov (9.Nika Kacharava, 69), 78.Vladimir Rodich (77.Asilbek Qayumov, 75), 97.Shahboz Jo‘rabekov.
Andijon: 19.Artyom Potapov, 2.Odilbek Abdumajidov, 7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (70.Hamidullo Karimov, 89), 11.Humoyunmirzo Iminov, 14.Abdurahmon Komilov, 18.Damir Temirov, 20.Islom To‘xta­xo‘jayev, 22.Usmonali Ismonaliyev, 27.Martin Boakye, 33.Diyor Abdu­mannopov (28.Bekzod Sulaymonov, 71), 99.Rustam Turdimurodov (10.Dragan Che­ran, 71).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

41 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar