Live
8
O'zbek

O‘rtoqlik bahsi. «Andijon» Qirg‘iziston klubiga 8 ta gol urdi

Futbol
2 oktabr, 14:20
Boake het-trik, Xoldorxonov dublga erishdi.
O‘rtoqlik bahsi. «Andijon» Qirg‘iziston klubiga 8 ta gol urdi
Foto: FC Andijon

«Andijon» FIFA kunlari vaqtida Qirg‘iziston chempionatida 5-o‘rinni egallab turgan «O‘zgan» jamoasiga qarshi o‘tkazib, 8 ta gol urdi.

«Burgutlar»dan Boake het-trikka erishdi, Xoldorxonov dubl qayd etdi.

Bellashuv 3 bo‘limdan iborat bo‘ldi va har biri 35 daqiqadan o‘tkazildi.

O‘rtoqlik o‘yini
Andijon — O‘zgan 8:2

2 oktabr. «Bobur Arena»
Gollar: Martin Boake (het-trik), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (dubl), Shohmalik Komilov, Rustam Turdimurodov, Fazliddinxo‘ja Ubaydullayev.
Andijon — Artyom Potapov, Nemanya Chalasan, Islom To‘xtaxo‘jayev, Abdurahmon Komilov, Usmonali Ismonaliyev, Humoyunmirzo Iminov, Damir Temirov, Imeda Ashortia, Doniyor Abdumannopov, Dragan Cheran, Rustam Turdimurodov.
Zaxiradan tushganlar — Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Bekzod Sulaymonov, Shohmalik Komilov, Eldor Adhamov, Fazliddinxo‘ja Ubaydullayev, Hamidullo Karimov, Jamshid Ko‘paysinov, Ozod Sobirov, Shohjahon Yorqinboyev.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
Bugungi yangiliklar