«Borussiya D» klubi rahbariyati bosh murabbiy Niko Kovach bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Bu haqda BILD xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar muzokaralar o‘tkazib, yangi mehnat shartnomasini imzolashga kelishib oldi. Murabbiyning maoshi ham oshiriladi.
Qayd etilishicha, 54 yoshli mutaxassis Germaniyaning top-klubi bilan hamkorlikni 2029 yil yoziga qadar uzaytiradi. Nikoning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, «asalarilar» Bundesliganing dastlabki to‘rt turidan so‘ng 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Dortmundliklar eng yaqin ta’qibchisi — «Bavariya» klubidan ikki ochko oldinda bormoqda.
«Borussiya D»ning Bundesligadagi navbatdagi uchrashuvi o‘z maydonida «Verder»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 9 oktabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.