Live
8
O'zbek

«Arsenal» qishda Kuansa uchun yana taklif bilan chiqishi mumkin

Futbol
2 oktabr, 15:05
Kuansa 2025-yil yozidan buyon Leverkuzen klubi sharafini himoya qilmoqda.
«Arsenal» qishda Kuansa uchun yana taklif bilan chiqishi mumkin
Фото: Getty Images

Angliya milliy jamoasi va «Bayer» himoyachisi Jarrell Kuansa yozgi transferlar oynasida «Arsenal» klubiga oʻtishi mumkin edi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, avgust oyida «toʻpchilar» angliyalik 23 yoshli himoyachi uchun 65 million yevro taklif qilgan, ammo nemis klubi ushbu taklifni rad etgan.

Qayd etilishicha, «Arsenal» yanvar oyida Kuansa transferi boʻyicha yangi taklif bilan chiqadi. Taklif miqdori ham oshirilishi mumkin.

Biroq «Arsenal»ning futbolchi uchun asosiy raqobatchisi esa «Chelsi» boʻlishi mumkin. «Koʻklar» ham Jarrellni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi.

Maʼlumot uchun, Kuansa 2025-yil yozidan buyon Leverkuzen klubi sharafini himoya qilmoqda. Uning «dorishunoslar» bilan shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Jarrell bu mavsumda Bundesligada 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bayer Bayer
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar