Niderlandiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Rafael van der Vaart «Bavariya»ga «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yongni transfer qilishni tavsiya qildi.
«Barcha hurmatni saqlagan holda aytish kerakki, Jo‘zua Kimmix o‘zining eng yuqori formasini yo‘qotadigan vaqt keladi. Frenki esa «Bavariya»ni yanada kuchli jamoaga aylantira oladi», — deya van der Vaartning so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli de Yongning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi yana uch yil amal qiladi. Niderlandiyalik futbolchi bu mavsumda hali maydonga tushmadi — u tizza jarohatidan tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda.
Agar futbolchi uchun top jamoalardan taklif bo‘lsa, Kataloniya klubi niderlandiyalik yarim himoyachini qo‘yib yuborishga qarshi emas.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.