Live
1
O'zbek

«Bavariya» «Man Siti» yarimhimoyachisi Fodenga qiziqish bildirmoqda

Futbol
1 oktabr, 06:40
Nemis klubi «shaharliklar»ga nisbatan jazo qo‘llanilsa, angliyalik futbolchini xarid qilmoqchi.
«Bavariya» «Man Siti» yarimhimoyachisi Fodenga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Bavariya» «Manchester Siti»ning hujumkor yarimhimoyachisi Fil Fodenga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, myunxenliklar 26 yoshli futbolchini transfer maqsadi sifatida ko‘rib chiqmoqda. «Bavariya» ayniqsa «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar sabab jiddiy jazoga duch kelgan taqdirda, Fodenning kelajagini diqqat bilan kuzatmoqda.

Agar ingliz klubiga nisbatan keskin choralar ko‘rilsa, «Bavariya» Fodenni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatidan foydalanishga tayyor. Biroq hozircha tomonlar o‘rtasida transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralar boshlanganiga oid ma’lumot yo‘q.

Foden «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu mavsumda barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Fodenning transfer qiymatini 70 mln yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ish doirasida mumkin bo‘lgan jazo bilan yuzma-yuz turibdi. Klubga nisbatan yakuniy choralar hozircha e’lon qilinmagan.

Ma’lumot uchun, Foden 2024/25-yilgi mavsum yakunida «Manchester Siti» safida barcha turnirlarda 38 ta bahsda 17 ta gol va 8 ta assist qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar