Fransiya milliy jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi sobiq hujumchisi Terri Anri «Manchester Siti»ga moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlik haqidagi ayblovlar yuzasidan qanday jazo qo‘llanishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq «shaharliklar» Angliya Premyer-ligasidan chetlatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu ish doirasida klub moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblanmoqda.
Anrining fikricha, agar «Manchester Siti» Premyer-ligada qoladigan bo‘lsa, klubga qo‘llanadigan jazo futbol tarixidagi eng adolatsiz qarorlardan biri bo‘lishi mumkin. Sobiq hujumchi bu boradagi fikrlarini Topskills Sports UK ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali keltirgan.
«Agar qandaydir qaror «Siti»ni Premyer-ligada qoldirsa, bu futboldagi 100 yillik tarix davomida eng adolatsiz jazo bo‘ladi. Daromadlarni oshirib ko‘rsatish, soxta shartnomalardan foydalanish va faqat futbol cho‘qqisida qolish uchun yolg‘on moliyaviy ma’lumot taqdim etish — mana shu adolatsizlikdir», — dedi Anri.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti»ga qo‘yilgan moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ish yuzasidan yakuniy qaror hali e’lon qilinmagan.