«Liverpul» «Brentford»ning hujumkor yarimhimoyachisi Kevin Shadeni yanvar oyidagi transfer oynasida tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar klubi rahbariyati 24 yoshli vingerning transferi bo‘yicha vaziyatni o‘rganmoqda. «Liverpul» skautlarining Shadeyaga qiziqishi futbolchining mavsumni yaxshi boshlagani ortidan kuchaygan.
Nemis futbolchisi Angliya chempionatining dastlabki 5 ta bahsida 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Uning ushbu natijasi «Liverpul» vakillarining e’tiborini tortgan.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Shadening transfer qiymati 35 mln yevroga baholanmoqda. Futbolchining «Brentford» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Shu sababli «Liverpul» futbolchini qo‘lga kiritish uchun «Brentford» bilan muzokara olib borishi kerak bo‘ladi.
Ayni paytda «Liverpul» APL turnir jadvalida 9 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. «Brentford» ham 9 ochko jamg‘argan va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 4-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Kevin Shade 2023-yil yanvarida «Brentford»ga Germaniyaning «Frayburg» klubidan ko‘chib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi Germaniya milliy jamoasi safida ham maydonga tushgan.