«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasi Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Liverpul»ga qarshi kechadigan bahsda g‘alaba uchun kurashishini ta’kidladi.
«Biz «Enfild»ga g‘alaba qozonish, jasorat bilan o‘ynash va «Manchester Yunayted» ekanimizni ko‘rsatish niyatida yo‘l olamiz. Qat’iyat bilan harakat qilishimiz, tashabbusni o‘z qo‘limizga olishimiz, hech narsadan qo‘rqmasligimiz va «Liverpul» kabi kuchli jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatishimiz kerak», — deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Mazkur bellashuv 22 noyabr kuni «Liverpul» maydonida bo‘lib o‘tadi. Bu argentinalik mutaxassis uchun «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatidagi ilk bahs bo‘ladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, mankunianliklar Angliya chempionati turnir jadvalida 8 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi