Live
5
O'zbek

Superliga. “Andijon” Zominda “Surxon” bilan durang o‘ynadi

Futbol
19 noyabr, 09:57
    20
Termizliklarning g‘alabasiz seriyasi 6 ta, “burgutlar”niki esa 7 ta o‘yinga yetdi.
Superliga. “Andijon” Zominda “Surxon” bilan durang o‘ynadi
Foto: Surxon PFC
19.11.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Surxon Surxon 0 : 0 Andijon Andijon

O‘zbekiston chempionatining 28-turini boshlab bergan bahsda “Surxon” Zominda nominal mezbon sifatida “Andijon” bilan to‘qnash keldi. Bellashuvda hisob ochilmadi.

Shu tariqa termizliklarning g‘alabasiz seriyasi 6 ta, “burgutlar”niki esa 7 ta o‘yinga yetdi.

Ikkala jamoa hisobidagi ochkolar soni ham 32 taga yetdi. O‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra, “Surxon” 10-o‘ringa, “Andijon” esa 11-pog‘onaga joylashgan.

Superliga. 28-tur
Surxon — Andijon 0:0

19-noyabr, Zomin, “Markaziy” stadioni
Surxon — Otabek Boymurodov, Behzod Shamsiyev, Doston Tursunov, Humoyun Sherbutayev, Richard Emeka Friday (Diyor Ramozonov, 59), Sarvar Abduhamidov, Behruz O‘ktamov, Farrux Qodirov (Mirmaqsud Mirusmonov, 82), Tornike Zebniauri, Behruz Shukurullayev, Muhammadali Musaxonov.
Andijon — Eldor Adhamov, Odil Abdulmajidov, Aleksandre Andronikashvili, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Bekzod Sulaymonov, 46), Humoyunmirzo Iminov (Muhammadkarim Toirov, 46), Aziz Turg‘unboyev, Damir Temirov (Doniyor Abdumannopov, 75), Islom To‘xtaxo‘jayev, Usmonali Ismonaliyev, Martin Boake, Rustam Turdimurodov (Hamidullo Karimov, 63).
Ogohlantirishlar: Tornike Zebniauri (64), Islom To‘xtaxo‘jayev (67), Muhammadali Musaxonov (85), Mirmaqsud Mirusmonov (87),
Chetlatish: Islom To‘xtaxo‘jayev (89).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar