Farg‘onaning «Neftchi» klubi Superliga 26-turining qoldirilgan bahsida «Bunyodkor»ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Istiqlol» o‘yingohida kechgan bahsda Xurshid G‘iyosov dublni rasmiylashtirdi.
Bu g‘alabadan so‘ng Islom Ismoilov jamoasi ochkolari sonini 64 taga yetkazib, 2-o‘rindagi «Paxtakor»dan 5 ochkoga ilgarilab ketdi. Endi jamoa qolgan uchta bahsning ikkitasida o‘zi uchun kerakli ochkolarni qo‘lga kiritsa, chempionlik titulini saqlab qoladi. Bu natija orqali ketma-ket ikkinchi bor Superligada g‘oliblikni qo‘lga kiritadi.
«Neftchi» keyingi turda 20-noyabr kuni «Navbahor» mehmoni bo‘ladi. Keyin esa 28-noyabr kuni o‘z maydonida «Dinamo»ni qabul qiladi. Chempionatning so‘nggi turida allaqachon Proligaga ravona bo‘lgan «Mash’al» mehmoni bo‘ladi.
«Neftchi»ning qolgan turlardagi o‘yinlari:
20-noyabr. Navbahor – Neftchi
28-noyabr. Neftchi – Dinamo
2-dekabr. Mash’al – Neftchi.
Turnir jadvali (27-turdan keyin)
