Live
6
O'zbek

Dué Turkiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin, Mbappe esa safga qaytdi

Futbol
14 noyabr, 09:20
    1
Kilian 30 daqiqalik mashg‘ulotni cheklovlarsiz o‘tkazdi.
Dué Turkiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin, Mbappe esa safga qaytdi
Foto: Getty Images
15.11.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Fransiya Fransiya - : - Turkiya Turkiya

Fransiya milliy jamoasi vingeri Desire Dué jarohati sabab Turkiyaga qarshi Millatlar Ligasi doirasidagi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi.

21 yoshli futbolchi Italiyaga qarshi bahs (1:3)ning 69-daqiqasida Davide Frattesidan yuziga tirsak zarbasini qabul qilib olgan. Tishlari siljigani sabab u kecha, 13-noyabr kuni shoshilinch ravishda stomatologga murojaat qildi.

Dué Bordodagi mashg‘ulotda chigalyozdi mashqlarini bajardi. Biroq Zinedin Zidan va tibbiy shtab uning maydonga tushishi haqida hali qaror qabul qilmadi.

Shu bilan birga, Kilian Mbappe umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Son orqa qismidagi noqulaylik tufayli Italiyaga qarshi uchrashuvda ishtirok etmagan hujumchi 30 daqiqalik mashg‘ulotni cheklovlarsiz o‘tkazdi.

Ma’lumot o‘rnida, Fransiya — Turkiya bahsi 15-noyabrdan 16-noyabrga o‘tar kechasi Bordoda, Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Turkiya Turkiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar