Live
2
O'zbek

Mbappe Fransiya milliy jamoasining umumiy guruhdagi mashg‘ulotlariga qaytdi

Futbol
13 noyabr, 23:20
    4
Hujumchi Italiyaga qarshi bahsni jarohat sabab o‘tkazib yuborgandi.
Mbappe Fransiya milliy jamoasining umumiy guruhdagi mashg‘ulotlariga qaytdi
Foto: Getty Images
15.11.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Fransiya Fransiya - : - Turkiya Turkiya

Fransiya milliy jamoasi Italiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin Bordoda tiklanish mashg‘ulotini o‘tkazdi. Footmercato xabariga ko‘ra, ushbu mashg‘ulotda jamoa sardori Kilian Mbappe ham ishtirok etdi.

Mashg‘ulot biroz kechikib boshlandi. Futbolchilar dastlab qariyb 30 daqiqa davomida birgalikda shug‘ullandi. Italiyaga qarshi bahsda ko‘proq jismoniy yuklama olgan futbolchilar esa mashg‘ulotni muddatidan oldin yakunlab, kiyinish xonasiga yo‘l oldi.

Shundan so‘ng maydonda faqat Italiyaga qarshi bahsda kam o‘ynagan yoki umuman maydonga tushmagan futbolchilar qoldi. Ular orasida Mbappe ham bor edi. Hujumchi avvalgi bahsni jarohat sabab o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, bu safar umumiy guruh bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazdi.

Fransiya milliy jamoasi Millatlar ligasi 6-turida 15 noyabr kuni Turkiyani qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 16 noyabrga o‘tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Fransiya Italiyaga qarshi bahsda Maykl Olise goliga qaramay, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya — Turkiya bahsi Millatlar ligasi A divizioni 1-guruhi doirasidagi so‘nggi tur o‘yini hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Turkiya Turkiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar